MXIK · IKPU · my.soliq.uz

Minus qoldiqniavtomatikyechadigan dastur

MX ANALIZ kirim-chiqimni MXIK kodlari bo'yicha hisoblaydi, my.soliq.uz dan hujjatlarni E-IMZO bilan o'zi yuklab oladi va manfiy qoldiqni cheklarni tahrirlash orqali yopadi — qo'lda emas, dastur o'zi.

WindowsO'rnatish 2 daqiqa
LokalMa'lumot kompyuteringizda
v3.3.1Avtomatik yangilanadi
3–8 s / chekTahrir tezligi
my.soliq.uz
Sof foyda12 450 000+18%
MX ANALIZ ⊖ ⊡ ✕
Bosh sahifa
Kirim-chiqim
Minus yechimi
Chek tahriri
Hisobotlar
Sozlamalar
Minus yechimi (chek)2026-08
Minus tovar37
Yopiladi34
Ustama12%
Tovar nomiMinusYopiladi
Non mahsuloti−118+118
Sut 1 l−64+64
Shakar 1 kg−52+52
Guruch−31+31
Yog' 5 l−12+12
Muammo va yechim

Qo'lda qilinganda nima bo'ladi

Minus qoldiq, noto'g'ri MXIK va chek tahriri — buxgalterning eng ko'p vaqt yeydigan va eng ko'p xato chiqadigan ishi.

Qo'lda

  • Har bir minus tovarni qidirib, mos chekni qo'lda topish
  • Portalga kirish, chekni qidirish, tahrirlash — chekiga bir necha daqiqa
  • Captcha har saqlashda qo'lda kiritiladi
  • Natsenka chegarasi (masalan 1–15%) ko'zdan qochadi
  • Tannarx butun davr o'rtachasi bilan olinadi — sana hisobga olinmaydi

MX ANALIZ bilan

  • Minus tovarlar va ularni yopadigan cheklar avtomatik topiladi
  • Portalda tahrir dastur tomonidan bajariladi, ketma-ket
  • Captcha avtomatik yechiladi; yechilmasa qo'lda kiritishga o'tadi
  • Ustama chegarasi siz belgilagan foizdan chiqmaydi
  • Tannarx chek sanasiga qarab hisoblanadi — sana zanjiri bo'yicha
Hisoblab ko'ring

Necha ming chek — qancha vaqt?

Bir chek tahriri 3–8 soniya — dastur necha tab ochganiga qarab. O'z hajmingizni kiriting.

Parallel tablar3jonli sinalgan
1 chek (samarali)6–8.3 sbir tabda 18–25 s
Dastur bilan — jami8.3–11.6 soatdastur o'zi ishlaydi, siz kutmaysiz
Qo'lda — chekiga ~3 daqiqa250 soat≈ 31 ish kuni (8 soatlik)

Hisob haqiqiy o'lchovlarga asoslangan: bir tabda 18–25 s (portal javobi + captcha). 3 tab jonli sinovdan o'tgan — bir kechada 4 405 chek tuzatilib, portalda tasdiqlangan. Ko'proq tab — hisob-kitob; natija portal va tarmoq tezligiga bog'liq.

Imkoniyatlar

Nima qila oladi

Har bir imkoniyat haqiqiy ishda sinalgan — ro'yxatda faqat dastur rostdan bajaradigan narsalar bor.

01.MXIK kirim-chiqim

Excel, soliq va 1C fayllarini o'qib, har oy uchun qoldiq, tannarx va sof foydani MXIK kodlari kesimida chiqaradi.

02.my.soliq.uz bilan bevosita

E-IMZO kaliti bilan portalga o'zi kiradi, fakturalar va cheklarni yuklab oladi. Kalit va parol kompyuteringizdan chiqmaydi.

03.Minus yechimi — oylar kesimida

Manfiy qoldiqni yopadigan cheklarni topadi. Tannarx chek sanasiga qarab olinadi, butun davr o'rtachasi emas.

04.Chekni portalda tahrirlash

Tanlangan cheklarni portalda ketma-ket tahrirlaydi. Saqlashdan oldin MXIK va miqdor rostdan almashganini tekshiradi.

05.Restoran rejimi

«Asosiy taomlar» cheklarini ichimliklarga aralash bo'ladi: chek summasi saqlanadi, zaxiradan ortiq sotilmaydi.

06.Miqdor tuzatish

Narx past ko'rsatilib miqdor shishgan bo'lsa: chek summasi saqlanadi, narx to'g'rilanadi va miqdor qayta hisoblanadi.

07.Qisman yangilash

Portaldan faqat cheklarni qayta yuklaydi — siz tahrirlagan cheklar va kirim-chiqim buzilmaydi.

08.Tayyor Excel hisobot

Natija va bajarilgan tahrirlar Excelga chiqadi — tekshirish va arxivlash uchun.

09.O'zi yangilanadi

Yangi versiya chiqsa dastur o'zi yuklab o'rnatadi. Bazangiz va sozlamalaringiz joyida qoladi.

Yo'nalishlar

Qaysi yo'nalishlar uchun

Dasturning yadrosi universal: MXIK kodli tovar sotadigan va onlayn kassa cheki bo'ladigan har qanday biznesda ishlaydi.

Asosiy imkoniyatlar o'zgarishsiz ishlaydigan yo'nalishlar

Oziq-ovqat do'koni, market
Kiyim-kechak
Ombor va optom savdo
Dorixona
Qurilish mollari
Avtoehtiyot qismlar
Maishiy texnika, mebel
Kanselyariya, maktab buyumlari

Alohida rejim qurilgan yo'nalishlar

Restoran, kafe, oshxona

«Asosiy taomlar» cheklarini ichimliklarga aralash bo'ladi. Chek summasi saqlanadi, zaxiradan ortiq sotilmaydi.

АГНКС, gaz shoxobchasi

Narx past ko'rsatilib miqdor shishgan bo'lsa: chek summasi saqlanadi, narx to'g'rilanadi, miqdor qayta hisoblanadi.

Autsorsing buxgalteriya

Bitta litsenziya bilan bir nechta firmani yuritish. Firmalar soni litsenziyada belgilanadi.

Yo'nalishingiz ro'yxatda yo'qmi?

Asosiy imkoniyatlar — MXIK hisob, minus yechimi va chek tahriri — MXIK kodli tovar sotadigan har qanday biznesda ishlaydi. Yo'nalishingizga xos alohida holat bo'lsa, biz uni qo'shamiz: АГНКС uchun miqdor tuzatish rejimi aynan shunday — mijozning ehtiyojidan kelib chiqib qurilgan.

Yo'nalishingizni ayting
4 qadam va natija

Qanday ishlaydi

To'rt qadam. Birinchi ishga tushirish odatda 10–15 daqiqa oladi. Pastga suring — dastur oynasi qadam bilan birga o'zgaradi.

MX ANALIZ2026-08
E-IMZO kalitini tanlang
YaTT «Namuna» · 30xxxxxxx
MCHJ «Namuna savdo» · 30xxxxxxx
MCHJ «Namuna optom» · 30xxxxxxx
Kalit va parol kompyuteringizdan chiqmaydi.
Portaldan yuklanmoqda…
Fakturalar · 128 ta
Cheklar · 4 578 ta — 72%
Davr: 01.08 – 31.08 · my.soliq.uz · E-IMZO
Reja — nima o'zgaradi
Minus37
Yopiladi34
Ustama12%
TovarMinusYopiladi
Non mahsuloti−118+118
Sut 1 l−64+64
Shakar 1 kg−52+52
Sinov rejimi — hali hech narsa saqlanmadi.
Portalga qo'llandi
34 chektahrirlandi va portalda tasdiqlandi
Minus qoldiq: 37 → 3
Hisobot Excelga chiqarildi
Hisobotni ochish
1

Dasturni o'rnating

Windows uchun bitta fayl. O'rnatgach E-IMZO kalitingizni tanlaysiz.

2

Ma'lumotni yuklang

Excel fayllarini qo'shasiz yoki portaldan to'g'ridan-to'g'ri yuklab olasiz — davr bo'yicha.

3

Rejani ko'ring

Dastur nima o'zgarishini oldindan ko'rsatadi. Sinov rejimida forma to'ldiriladi, lekin saqlanmaydi.

4

Portalga qo'llang

Tasdiqlaganingizdan keyin dastur cheklarni ketma-ket tahrirlaydi va hisobotni Excelga chiqaradi.

Ma'lumotingiz sizda qoladi

Hisobot ma'lumotlari — kirim, chiqim, cheklar, kontragentlar — bizning serverga yuborilmaydi. Server faqat litsenziya haqiqiyligini tekshiradi.

Baza kompyuteringizda

Barcha hisob-kitob mahalliy faylda saqlanadi. Yangilashda ham o'chmaydi.

E-IMZO chiqmaydi

Kalit va parol faqat sizning kompyuteringizdagi E-IMZO dasturi bilan ishlaydi.

Saqlashdan oldin tekshiruv

Tahrir rostdan tushmaganini ko'rsa, chekni saqlamaydi — noto'g'ri yozuv qolib ketmasin.

Sinov rejimi

Avval saqlamasdan sinab ko'rasiz. Ishonch hosil qilgach haqiqiy rejimga o'tasiz.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

01Dastur soliq portalidagi ma'lumotni o'zgartiradimi?

Ha — siz tasdiqlagan cheklarni my.soliq.uz da tahrirlaydi. Bu haqiqiy soliq ma'lumoti, shuning uchun avval sinov rejimi bor: forma to'ldiriladi, lekin saqlanmaydi. Nima o'zgarishini ko'rib chiqib, keyin haqiqiy rejimga o'tasiz.

02Captcha har safar qo'lda kiritiladimi?

Yo'q, odatda dastur o'zi yechadi. Yechib bo'lmaganda esa brauzerda qo'lda kiritishga o'tadi — jarayon to'xtab qolmaydi.

03Har qanday chekni tahrirlash mumkinmi?

Yo'q. Portal ba'zi cheklarni tahrirlashga bermaydi — masalan korporativ karta bilan to'langan va xaridor korxona hisobga olgan cheklar. Bunday hollarda dastur sababni aniq ko'rsatadi.

04Ma'lumotlarim serveringizga ketadimi?

Yo'q. Hisobot ma'lumotlari mahalliy bazada qoladi. Serverga faqat litsenziya tekshiruvi uchun kalit va kompyuter belgisi boradi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.

05Internet doim kerakmi?

Hisob-kitob uchun kerak emas. Portaldan yuklash va chek tahriri uchun kerak. Litsenziya esa vaqti-vaqti bilan onlayn tekshiriladi.

06Dastur qanday nom bilan o'rnatiladi?

Sayt va brend — MX ANALIZ, o'rnatiladigan dastur fayli esa HISOBIQ nomi bilan keladi. Bu bitta mahsulot: MX ANALIZ — brend nomi, HISOBIQ — dasturning o'zi.

07Narxi qancha?

Narx va sinov muddati bo'yicha bevosita bog'laning — ishingiz hajmiga qarab aytamiz. Telegram: @shoxruxdev_uz1.

Savollaringiz bormi?

Bepul sinab ko'ring

Dasturni ko'rsatamiz, ma'lumotingizda sinab beramiz va savollaringizga javob beramiz.

Telegramda yozish